Atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil” iqtisodiyot yili”ga bag‘ishlangan xalqaro an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at” festivali yuqori saviyada o‘tkazildi.
Bugun 25-aprel kuni Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida Xalqaro an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at” festivalining tantanali yopilishi hamda g‘oliblar va ishtirokchilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Ushbu marosimda Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi R.Mirzaaxmedov ham ishtirok etib, g‘oliblarga Uyushma tomonidan hunarmandchilik mahsulotlaridan iborat esdalik sovg‘alarini topshirdi.