“Sohir qalam mo‘jizasi” V Respublika xattotlik va miniatyura asarlari ko‘rgazmasi

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyida “Sohir qalam mo‘jizasi” V Respublika xattotlik va miniatyura asarlari ko‘rgazmasining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Kamoliddin Behzod nomidagi respublika rassomlik va dizayn instituti o‘qituvchi va o‘quvchilari, Islom universiteti, xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari xodimlari, xattotlar, O‘zbekiston xalq ustalari hamda “Hunarmand” uyushmasi faxriylari ishtirok etdi.

Tadbirning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi o’rinbosari Farxod Tashmuhamedov, Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov, Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi direktori Gulabza Qarshiyevalar so‘z olib, ko‘rgazmani o‘tkazishdan asosiy maqsad va vazifalarga to‘xtalib o‘tishdi.

Tadbir mamlakatimizda xattotlik va miniatyura san’atini rivojlantirish maqsadida Respublika «Hunarmand» uyushmasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Oldingi O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi o‘rtasida HAMKORLIK MEMORANDUMI imzolandi

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.