Joriy yilning 11-13 fevral kunlari Pokiston Islom Respublikasida o’tkazilayotgan «EXPO LAHORE» tadbirida O’zbekiston milliy mahsulotlari ko’rgazmasi «MADE IN UZBEKISTAN» brendi ostida o’zbek ekspartyor korxonalari ham qatnashmoqda.
Ushbu tadbirda Respublika «Hunarmand» uyushmasi tomonidan Farg’ona viloyatining Rishton tumanidan «Shokirmingboshi» an’anaviy kulolchilik markazidan Yoqubjonov Shoxruxxon Alisher o’g’li hamda Toshkent shahridan chinni, fayan va sopol buyumlari tayyorlash ustasi Azamkulov Ruxilla Asatullaevichlar munosib ishtirok etmoqdalar.
Ko’rgazmadan ko’zlangan asosiy maqsad «MADE IN UZBEKISTAN» brendi ostida o’zbek tadbirkorlari Pokiston Islom Respublikasiga o’z mahsulotlarini eksportini yo’lga qo’yishlari uchun mahalliy hamkorlar bilan shartnomalar imzolashdan iborat.