Joriy yilning 5-9 fevral kunlari Indoneziya Respublikasining poytaxti Jakarta shahrida “Inacraft” xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari yarmarkasi o‘tkazildi. Ko‘rgazmada o‘zbek hunarmandlari ham munosib ishtirok etdi.
Ushbu ko‘rgazma-yarmarkada dunyoning 25 ta davlatidan 1300 nafar ishtirokchilar qatnashdi. Ular orasida Zuhro Obloberdiyeva, Aziz Murtazayev, Baxtiyor Nazirov, Gulnora Choriyeva, Shavqiddin Kamolov, Zarina Isomova, Feruza Qulmatovalar o‘zlari yaratgan o‘zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Besh kun davom etgan ko‘rgazmada o‘zbek hunarmandlari 20 ming dollarga yaqin mahsulotlar savdosini amalga oshirdi.
“Inacraft” ko‘rgazmasi bu yil o‘zining 25 yilligini nishonladi. Ushbu ko‘rgazma asosan Indoneziya hunarmandchiligini xalqaro bozorlarga olib chiqishga mo‘ljallangan bo‘lib, 2025 yildan boshlab ushbu yarmarkada o‘zbekistonlik hunarmandlar qatnashishlarini ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Ko‘rgazma Butunjahon Hunarmandlar Kengashining Osiyo va Tinch Okeani mintaqasi hamkorligida o‘tkazildi.
Aytib o‘tish kerakki, O‘zbekiston pavilioni Butunjahon Hunarmandlar Kengashining Osiyo va Tinch Okeani mintaqasi pavilionidan o‘rin olgan. E’tiborli jihati shundaki, ko‘rgazmada ishtirok etan o‘zbekistonlik 7 nafar ishtirokchilar uchun har biri 1080 dollar turadigan stendlar bepul taqdim etildi.
“Inacraft” ko‘rgazmasida hunarmandlar ishlarini baholash uchun hakamlar hay’ati ish olib bordi va ularga o‘zbekistonlik Aziz Murtazayev boshchilik qildi. Shu bilan birgalikda ko‘rgazmada moddalar namoyishi ham o‘tkazildi.

Хурмадили кули гул хунармандлар ишларингизга омад менгахам насиб килсин келгуси сафар сизлар бмлан бориш