BUGUN TUGʻILGAN KUN

Bugun «Shuhrat» medali sohibi “Hunarmand” uyushmasining Xiva tuman bo‘limi a’zosi, yog‘och o‘ymakor ustasi Masharipov Odamboy Vapavevich tavallud topgan kun.

Masharipov Odamboy Vapavevich 1989-yildan 2002-yilgacha O‘zbekiston Xalq Ustasi Xaytmat Bog‘bekovdan hunar sirlarini o‘rganib, 2002-yildan mustaqil faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Mohir hunarmand 2002-yildan buyon Respublika miqyosida o‘tkazib kelinayotgan barcha tadbirlarning faol ishtirokchisi.

Masharipov Odamboy o‘zi tayyorlagan yog‘och o‘ymakorligi mahsulotlari asosida uy muzeyi tashkil qilgan.

Xozirgi kunda ustaning ishlab chiqargan mahsulotlari Moskva, Qozog‘iston, Germaniya, Turkiya davlatlariga eksport qilinmoqda.

Respublika «Hunarmand» uyushmasi jamoasi nomidan Xalq amaliy san’ati ustasi Masharipov Odamboy Vapavevichning tavallud kuni munosabati bilan samimiy tabriklab, ustaga sihat-salomatlik, ishlariga rivoj, xonadoniga fayzu baraka tilaymiz.

Oldingi O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov Andijon viloyatida xizmat safarida

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.