Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov Respublika Badiiy Kengashi raisi, O‘zbekiston хalq ustasi Sirojitdin Rahmatullayev boshchiligidagi faxriy hunarmandlar O‘zbekiston xalq ustalari Abdurashid Rahimov, Mahmud Mamajonov hamda Faxriddin Hamzayev va Raxmatilla Zokirovlarni qabul qildi.
O‘zaro suhbat davomida yoshi ulug‘, ko‘pni ko‘rgan nuroniy hunarmandlarning boy mehnat tajribasidan unumli foydalanish maqsadida 2025-yilda tuzilishi rejalashtirilayotgan Faxriy nuroniylar kengashi dasturi muhokama qilindi.