Avval xabar berilganidek, “Hunarmand” uyushmasi The ALIPH–EU Central Asia Call for Projects tanlovi doirasida “Ikat Connection” loyihasi bilan 40 000 AQSh dollari miqdoridagi grant g‘olibi deb topildi.
Bugun, 16-aprel kuni, “Hunarmand” uyushmasi hamda loyiha ekspertlari ishtirokida Zoom platformasi orqali onlayn yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida:
— loyihani amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi;
— amaliy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi;
— mas’ul tomonlarning vazifalari belgilab olindi.
Mazkur loyiha doirasida milliy madaniy merosni asrash, nomoddiy madaniy qadriyatlarni kelgusi avlodlarga yetkazish hamda hunarmandchilik sohasini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.