2025-yil 19–21-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan III Xalqaro hunarmandchilik festivali va unga uyg‘un ravishda tashkil etiladigan II Xalqaro kulolchilik forumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.
Bugungi kungacha xalqaro ishtirokchilar tomonidan quyidagi natijalar qayd etildi:
🔹 47 davlatdan arizalar qabul qilindi
🔹 170 nafar haqiqiy (takroriy bo‘lmagan) xalqaro hunarmandlar ro‘yxatdan o‘tdi
🔹 146 nafar hunarmand Qo‘qondagi festivalga
🔹 24 nafar hunarmand Rishtondagi kulolchilik forumiga ariza topshirdi
Shuningdek, 8 davlatdan 11 nafar VIP va faxriy mehmonlar hamda 7 davlatdan 16 nafar konferensiya ishtirokchilari tashrif buyurishi kutilmoqda.
Mahalliy hunarmandlar soni ham e’tiborga molik — jami 371 nafar haqiqiy hunarmand (349 nafari Qo‘qon uchun, 22 nafari Rishton uchun) ariza topshirgan.
Ushbu raqamlar xalqaro festivalga bo‘lgan katta qiziqish va ishonchning yorqin ko‘rinishidir.