Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur bilan uchrashuvda tasviriy va amaliy san’at sohasini rivojlantirish bo‘yicha qator muhim qarorlar qabul qilindi.
Samarqand yaqinida hunarmandlar va rassomlar uchun maxsus shaharcha tashkil etiladi.
Ijodkorlar uchun munosib sharoitlar yaratiladi.
Iqtidorli yoshlar saralab olinib, ta’lim olishi uchun yaxlit tizim yo‘lga qo‘yiladi.
“Yangi O‘zbekiston manzaralari”, “Tarixiy allomalar” va “Zamonamiz qahramonlari” turkumida asarlar yaratiladi.
Bu tashabbus xalqimizda san’atga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi!