30-iyun — Yoshlar kuni muborak

Bugungi kunda yurtimizda har bir sohada yosh avlodga katta e’tibor qaratilmoqda. Chunki yoshlar — istiqbol, yangilanish va taraqqiyot timsolidir.

«Hunarmand» uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi ham ushbu muhim kunni munosib tarzda nishonlab, hunarmandchilik sohasida faoliyat yuritayotgan 30 nafar iqtidorli, tashabbuskor va mehnatsevar yosh hunarmandlarni taqdirladi.

Tadbirda yoshlarga esdalik sovg‘alari, ehtirom va ezgu tilaklar topshirildi. Ular tomonidan yaratilgan noyob mahsulotlar, innovasion g‘oyalar va milliy qadriyatlarga asoslangan ijodiy ishlar katta tahsinga sazovor bo‘ldi.

Taqdirlangan yoshlar nafaqat o‘z mahorati, balki yurtga, an’analarga va hunarga bo‘lgan muhabbati bilan ajralib turishadi. Ular orasida yog‘och o‘ymakorligi,, kulolchilik, kashtachilik, kandakorlik, to‘quvchilik, musavvirlik va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi yoshlar bor.

«Biz yoshlarga ishonamiz!» — degan g‘oya asosida ularni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish va imkoniyatlar yaratish «Hunarmand» uyushmasining doimiy maqsadidir.

Oldingi Jayhun Qo‘g‘irchoq teatri Sankt-Peterburgda xalqaro muvaffaqiyatga erishdi

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.