Yo‘qolgan an’analarni tiklash: O‘zbekiston gilamdo‘zligi bo‘yicha II xalqaro ilmiy-amaliy seminar

Ayni daqiqalarda Samarqandda “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti tomonidan “O‘zbekistonning yo‘qolib borayotgan gilam turlarini qayta tiklash yo‘llari” mavzusida II xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘tkazilmoqda.Bugun xalqaro ilmiy-amaliy seminar ochilishini yalpi majlisi boshlandi. Yalpi Majlis moderatori “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot instituti direktori arxitektura fanlari doktori, professor Yusupova Mavlyuda Aminjonovna.Yalpi majlisda “Hunarmand” uyushmasi raisi R.Mirzaaxmedov Kirish so‘zi bilan ishtirok etdi.Tadbir dasturidan “Ipak yo‘li” xalqaro tadqiqot institutining 2024–2025-yillardagi faoliyati taqdimoti, XIV–XIX asrlar Xitoy saroy gilamlari: bezak, mintaqaviy xususiyatlar, XIX asrning ikkinchi yarmi o‘zbek va qoraqalpoq gilamlari S.M. Dudinning materiallari asosida Rossiya etnografiya muzeyida, O‘zbekistonda qo‘l mehnati bilan to‘qilgan gilamlar: an’analar va zamonaviy rivojlanish muammolari, Qirg‘izistondagi to‘qilgan gilamlarning unutilgan merosi: ularning tiklanishi bo‘yicha uchta holat (onlayn), Janubiy O‘zbekiston hududlaridagi qabila-etnik guruhlari gilamdo‘zligi: saqlash va tiklash muammolari, Unutilganlikdan tiklanishga: O‘rta Amudaryo yo‘qolgan gilamlarining turkman-o‘zbek san’ati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlar misoli, Qoraqalpog‘iston gilamdo‘zligi: an’analar va yangiliklar, Farg‘ona vodiysi gilamdo‘zligining yo‘qolgan an’analari: muzey to‘plamlari va saqlash muammolari kabi mavzular o‘rin olgan.

Oldingi Diqqat e’lon! Hurmatli hunarmandlar

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.