O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov Xorazm viloyatiga qilgan xizmat safari davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2024-2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xiva shahrida “Gilamlar jilosi” nomi ostida xalqaro gilam ko‘rgazmasini o‘tkazish yuzasidan mutasaddilar bilan uchrashib suhbatlashdi.
Uchrashuvda ko‘rgazmani yuqori saviyada tashkil etish hamda o‘tkazish joyini belgilash, ko’rgazma bilan bog’liq sarf-harajatlar smetasini ishlab chiqish va boshqa tashkiliy masalalarga e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda Akademik Akbar Hakimov, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori Masharib Abdullayev hamda xalqaro gilam ko’rgazmasini o’tkazish bo’yicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.