Respublika «Hunarmand» uyushmasi raisi R.Mirzaaxmedov, USAIDning “Biznesni qo’llab-quvvatlash loyihasi” guruh rahbari Usmon Raximdjanov bilan uchrashdi. Uchrashuvda USAIDning “Biznesni qo’llab-quvvatlash loyihasi” doirasida to’qimachilik sohasida faoliyat yurituvchi hunarmandlarni tashqi bozorga tayyorlash, muayyan bir nufuzli xorijiy ko’rgazmaga «Yangicha yondashuv-yangi mahsulotlar» tamoyili asosida xorijdan ekspertlarni jalb etgan xolda mahsulotlar yaratish, ko’rgazmada namoyish etish uchun roliklar, katolog chop etish, hunarmandlarni ko’rgazmaga tayyorlagan mahsulotlari ekologik toza mahsulot bo’lishiga e’tibor qaratgan holatda qatnashishlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida har ikkala tomon ham 2025-yilda o’zaro hamkorlik qilish yo’li bilan hunarmand tadbirkorlarga o’z bizneslarini yuksaltirishda ko’maklashishlari va bu orqali O’zbekistonda farovonlikni yanada yuksaltirishga hissa qo’shishlarini ta’kidlab o’tdilar.
Uchrashuvda USAIDning “Biznesni qo’llab-quvvatlash loyihasi” to’qimachilik sektori rahbari Azizbek O’roqov hamda Respublika «Hunarmand» uyushmasi bo’lim boshlig’i J.Tilyakovlar ham ishtirok etdilar.