Bugun O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Pavel Benkov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan rassomlar maktabida hunarmandlar ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov kirish so‘zi bilan ochib, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda hunarmandlarga yaratib berilayotgan ko‘plab imtiyozlar, qulay shart-sharoitlar haqida to‘xtalar ekan, ushbu imkoniyatlar oqilona foydalanib kelayotgan barcha hunarmandlarga yangi yilda yanada ulkan zafarlar yor bo‘lishini tiladi.
Tadbir davomida «Hunarmand» uyushmasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig’i Shahobiddin Asamov boshchiligida Toshkent shahrida uzoq yillardan buyon samarali faoliyat ko‘rsatib, mahalliy va xalqaro ko‘rgazmalar hamda festivallarda faol ishtirok etib kelayotgan hunarmandlarning mehnat faoliyatlari alohida e’tirof etilgan xolda ularga tashakkurnoma va esdalik sovg’alari taqdim etildi.