“To‘rt shovvoz” madaniy meros obyektiga tutash hududda qurilayotgan “Hunarmandlar Markazi” master rejasini
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi bilan kelishilish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 29 noyabrdagi “Xorazm viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-410-sonli qarorining 7-bandida “Hunarmandlar markazi qurilishi loyihasi doirasida:
g) Madaniy meros agentligi “Hunarmand” uyushmasi, Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Hunarmandlar markazi master rejasining YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi bilan kelishilishini ta’minlash topshirig‘i yuklatilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1 may kuni Respublika “Hunarmand” uyushmasi, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, Umumjahon merosi markazining Parijdagi a’zolari, Madaniy meros agentligi va ATB “Mikrokreditbank” vakillaridan iborat “Ishchi guruh” tomonidan “To‘rt shovvoz” (Dishan qal’a hududida) madaniy meros obyektiga tutash hududda qurilishi rejalashtirilgan “Hunarmandlar markazi” master rejasi muhokama qilindi.
Bunda xalqaro eksportlar tomonidan loyiha ishlari amalga oshiriladigan hududning umumbashariy mislsiz qimmati inobatga olinishi ta’kidlab o‘tildi.