Xalilov Qahramon Qurbonboyevich

Qashqadaryo viloyati —

Qashqadaryo viloyati 1922-yil 1-noyabrda tashkil etilgan. Maydoni 28,57 ming kv km ni tashkil etadi. Qashqadaryo viloyati aholisi 1-oktyabr holatiga 3 mln 618 ming 321 nafarni tashkil etadi. Qashqadaryo viloyatida 2 ta shahar va 14 tuman joylashgan.

HUNARMANDCHILIGI

Qashqadaryo viloyatida qadimiy an’ana va urf odatlarga asoslangan qadimiy hunarmandchilik turlari saqlanib qolgan bo‘lib, viloyatning har bir hududi o‘ziga xos yo‘nalishlar asosida hunarmandchilik bilan shug‘ullanib kelmoqda. Jumladan, bosh kiyimlar, chinni, fayans va sopol buyumlari, esdalik buyumlari, gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar, kashtachilik, makrame va qo‘lda to‘qilgan buyumlar tayyorlash, mayda haykaltaroshlik buyumlarini yasash, milliy liboslar tikish, miniatyura, rangtasvir, naqqoshlik va bo‘yoqli naqshlar tayyorlash, oddiy metallardan milliy uslubda taqinchoqlar yasash, qimmatbaho metalldan zargarlik buyumlarini yasash, qo‘lda gazlamalar va gilam to‘qish, quroqchilik usulida tikish, tosh o‘ymakorligi, tunukadan buyumlar yasash yog‘och o‘ymakorligi, yog‘ochdan xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini tayyorlash, an’anaviy do‘ppichilik kabi yo‘nalishlar yaxshi rivojlangan.

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklariga a'zo bo'lish