Ostonov Otabek Norboyevich

Buxoro viloyati –
Oʻzbekiston Respublikasining 12 viloyatlaridan biri. Oʻzbekiston viloyatlari ichida chegarasining kattaligi boʻyicha Navoiy viloyatidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Buxoro viloyati hududi asosan Qizilqum choʻlida joylashgan. Janubi-sharqini Zarafshon vodiysi egallagan. Buxoro viloyati aholisining etnik tarkibini asosan oʻzbeklar va ruslar, forslar (eroniylar), turkmanlar, tojiklar, ukrainlar, koreyslar, tatarlar va boshqalar tashkil etadi. Markazi  Buxoro shahri.

HUNARMANDCHILIGI

1. Buxoro viloyatida asosan zargarlik, zardo‘zlik, kandakorlik, qo‘lda gilam to‘qish hamda gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar yo‘nalishi rivojlangan.
2. Bugungi kunda Buxoro viloyatida 10 ta hunarmandchilik markazlari mavjud bo‘lib, markazda asosan ishsiz xotin qizlar ish bilan ta’minlanib ularga usta shogird an’analariga asosan hunar o‘rgatilib kelinmoqda.
3. Buxoro viloyatida bugungi kunda 4 nafar usta hunarmandlar ya’ni, Narzullayev Alisher, Narzullayev Abdullo, Kamalov Shokir hamda Djumayev Baxshullo ustalar “Xalq ustasi” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar.
4. Buxoro viloyat hududida 1 ta xalqaro festival ya’ni “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali” o‘tkaziladi.
5. Milliy hunarmandchiligimiz ko‘p yillik an’ana va qadriyatlarga ega bo‘lib, o‘zida aholi turmush tarzi, talab va ehtiyoji, madaniyati, ma’naviyati, kasb-kori hamda jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni aks ettiribgina qolmay, balki aholi dunyoqarashi va milliy tafakkurining nechog‘lik teran ekanligini ham namoyon etadi. Bugungi kunda milliy hunarmandchiligimizda asrlar davomida taraqqiy etgan “ustoz-shogird” an’analarini tiklash, modernizatsiya tufayli yo‘qolib borayotgan qadimiy an’analarni shakllantirish aholining kasbiy malaka, hunar mahoratini oshirish, shuningdek, yosh avlod ongida milliy qadriyatlarga sadoqat ruhini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklariga a'zo bo'lish