Jumayev Jamshid Hamzayevich

Navoiy viloyati —

Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat1982-yil 20-aprelda Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududlaridan tashkil etilgan. 1988-yilda maʼmuriy birlik sifatida tugatilib, 1992-yil boshida qayta tiklandi. Maydoni 111,0 ming km².

HUNARMANDCHILIGI

Navoiy viloyatida hunarmandchilik faoliyatining kashtachilik yo‘nalishi, shuningdek Gʻozg‘on shahrida tosh o‘ymakorligi azal-azaldan rivojlangan, sayqal topgan va bugungi kunda ham bu faoliyat turlari ancha rivojlanib bormoqda.
Hozirgi kunda viloyatda 870 nafardan ortiq hunarmandlar 30 ta soha bo‘yicha faoliyat olib bormoqda.
– Qiziltepa tumanida matolar bilan ishlash, milliy poyabzallar tayyorlash, kandakorlik, zardo‘zlik buyumlari;
– Karmana tumanida kulolchilik, yog‘ochdan tayyorlangan xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, chinni, fayans va sopol buyumlari yo‘nalishlari;
– Uchquduq tumanida milliy liboslar tayyorlash, matolar bilan ishlash, tuya junidan tayyorlangan turli-xil mahsulotlar tayyorlash, teridan ishlangan buyumlar, milliy poyabzal tayyorlash;
– Zarafshon shahrida milliy liboslar tayyorlash, matolar bilan ishlash, tuya junidan turli-xil mahsulotlar tayyorlash, metaldan yasalgan buyumlar, teridan ishlangan buyumlar, milliy poyabzal tayyorlash;
– Tomdi tumanida milliy liboslar tayyorlash, matolar bilan ishlash, tuya junidan turli-xil mahsulotlar tayyorlash;
– Konimex tumanida milliy liboslar tayyorlash, matolar bilan ishlash, tuya junidan turli-xil mahsulotlar tayyorlash, teridan ishlangan buyumlar;
– Xatirchi tumanida milliy liboslar tayyorlash, matolar bilan ishlash, metaldan yasalgan buyumlar, qo‘lda gilam to‘qish, teridan ishlangan buyumlar, milliy poyabzal tayyorlash;
– Navbahor tumanida yog‘och o‘ymakorligi, milliy liboslar tayyorlash, matolar bilan ishlash, misgarlik buyumlari tayyorlash ancha rivojlangan.
– Navoiy shahrida hunarmandchilikning 17 ta turi bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning asosiy yo‘nalishlari;
-milliy liboslar tayyorlash, milliy poyabzal tayyorlash, gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar, yog‘och o‘ymakorligi, yog‘ochdan tayyorlangan xalq hunarmandchiligi mahsulotlari, metaldan yasalgan buyumlar, o‘yinchoqlar, zardo‘zlik buyumlari hisoblanadi.
– Gʻozg‘on shahrida hunarmandchilikning tosh o‘ymakorligi bilan shug‘ullanuvchi hunarmandlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
– Nurota tumanida milliy kashtachilik, tosh o‘ymakorligi, mayda haykaltaroshlik buyumlari;
Nurotada milliy kashtachilikning tabiiy ipakdan ishlangan kashta-so‘zanalar, choponlar, yostiq jildlar, ayollar sumkasi, poyabzallar va boshqa mahsulotlar nafaqat, mamlakatimiz, balki xorijda ham haridorgirdir.
Kashtachilik amaliy san’atning qadimiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Aksariyat kashtalarda gullar xilma-xil ko‘rinishda tasvirlanadi. Bodom, qalampir naqshlarining 100 dan ziyod ko‘rinishlari, anor naqshining bir necha xili turli naqshlar bilan uyg‘unlashgan holda tikiladi. Hatto, kashtalardagi ba’zi naqshlar o‘z ma’nosiga ega bo‘lib, masalan, anor – baraka ramzi, qalampir – ko‘zdan, har xil yomonliklardan asrovchi, bodom – rizq-ro‘z, ochilgan gullar – muhabbat, shoxchali gullar – farovon hayot, ko‘zacha, qushlar, daraxtlar tasvirlangan kashtalar turmush tarzini anglatadi.
Darhaqiqat, kashtachilik xalq amaliy san’atining bir turi sifatida qadimdan ma’lum. Maftunkor so‘zanalar, zardevor, joynamoz, bolishpo‘sh, gulko‘rpa, bo‘g‘joma va yostiqlar allaqachon oddiy maishiy buyumdan betakror san’at asariga aylanib ulgurgan.
Nurota kashtachilik maktabiga oid bo‘lgan namunalar tikish uslubi, naqshlarining joylashuvi bilan boshqalaridan farqlansada, ularning barchasi bir etnomadaniyat an’analariga xos.

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklariga a'zo bo'lish