O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasida Tatariston Respublikasining Qozon shahrida faoliyat yurituvchi “Великий Шелковый путь” kompaniyasi rahbari Marat Shamsudinov bilan «Hunarmand» uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Uyushmaning rais o‘rinbosari B.Allakov, bo‘lim boshliqlari, “Hunarmand” uyushmasi qoshidagi “Craft and Art” MCHJ rahbari Z.Akbarov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarma boshlig‘i D.Allambergenovalar ishtirok etdi.
Videoselektorda M.Shamsudinov Tatariston Respublikasining Qozon shahrida o‘zbekistonlik hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik mahsulotlari savdosini yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘z takliflarini berdi.
Yig‘ilish davomida mazkur taklif ikki taraflama qo‘llab-quvvatlandi hamda bu borada o‘zbekistonlik hunarmandlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida ishlashga kelishib olindi.