Qoraqalpog‘iston Respublikasi milliy hunarmandchiligini rivojlantirish sari yana bir qadam

Bugun Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetida Qoraqalpog‘iston Respublikasi milliy hunarmandchiligini rivojlantirish orqali turizm sohasidagi barqaror o‘sishni ta’minlashga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi orinbosarr B. Allakov, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi deportament raxbari A.N. Maksumov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Turizm boshqarmasi turizm sohasida kadrlar salohiyatini oshirish va oliy talim muassasalari bilan ishlashh bo’yicha bosh mutaxassis Artikov Jiyemurat Kudaibergenovich hamda “IT Works” MChJ direktori Murodov Jo‘rabek Sarvarovichlar ishtirok etishdi.

Davra suhbatida Qoraqalpog‘iston Respublikasining turizm salohiyatidan samarali foydalanish, ichki va xorijiy turizm bozorlari uchun hududning jozibadorligini oshirish, turizm, madaniy meros, madaniyat va san’at sohalari infratuzilmasini yaxshilash, yangi turizm xizmatlarini joriy qilish, milliy hunarmandchilik mahsulotlari turlarini ko‘paytirish, sohada yangi ish o‘rinlarini yaratish ta’minlashning ilmiy masalalari muhokama etildi.

Universitet proffessori, DSc M.Kurbonbekova ilmiy jamoa tomonidan olib borilayotgan tadqiqot natijalari, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi milliy hunarmandchiligini rivojlantirish hamda u orqali turizm sohasidagi barqaror o‘sishni ta’minlashni baholaydigan indikatorlar hamda mahalliy hunarmandlar, sayyohlar va boshqa foydalanuvchilar uchun raqamli markaz bo‘lib xizmat qiladigan «SMART QQRNatCraft» platformasi haqida to’xtalib o’tdi.

Ushbu platforma orqali sayyohlar qoraqalpoq xalq hunarmandchiligi bo’yicha to‘liq ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lib, asl mahsulotlarni o‘rganish va xarid qilish imkonini beradi. Platformada hunarmandlar, milliy hunarmadchilik texnikasi va har bir hunarmandchilikning madaniy ahamiyati haqida ham ma’lumotlar berish imkoniga ega bo’ladilar. Mahalliy hunarmandlar uchun platforma marketing va savdo kanali bo‘lib xizmat qiladi, bu esa o‘z mahsulotlarini kengroq auditoriyaga namoyish etish imkonini beradi. Ular onlayn profil yaratish, o‘z hunarmandchiligining rasmlari va tavsiflarini yuklash va inventarlarini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar tadqiqot ishi natijalari hamda ishlab chiqilayotgan platforma yuzasidan o‘z fikr molohazalari hamda takliflarini berishdi.

Ushbu innovatsion raqamli yechim hunarmandlar va sayyohlarni birlashtiradi, mahalliy iqtisodiyotni oshiradi va mintaqaning umumiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

 

 

Oldingi Yangiyo‘llik mohir yog‘och o‘ymakori Begzod Madraimovning muammo va takliflari tinglandi

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.