30 Oktabr 2024 - In Hunarmandchilikka oid

Toʼqimachilik, gilamdoʼzlik, kashtachilik va matoga gul bosish xalq amaliy sanʼati namunalaridan biri boʼlib, ularni ishlab chiqarishda boʼyash asosiy jarayon hisoblanadi. Mato boʼyash murakkab jarayon boʼlib, u matoga rangtanlash, ipaklarni boʼyashga tayyorlash, hom-ashyoni boʼyoqlash uchun tayyor xolatga keltirishlar kabi ishlarni oʼz ichiga oladi. Usta ning ranglar ustida ijod qilishi, boʼyash uchun ketadigan hom-ashyolarni va vositalarni boʼyash uslublarini yaxshi va puxta bilishi, yangi mato lar turkumini yaratish va mahsulotini haridorgir boʼlish imkoniyatini beradi. Ranglarni toʼgri tanlay olmaslik yoki rangning tarkibiy jihatini yaxshi bilmaslik matodagi naqsh va gullarni va umuman matoning oʼzini buzilishiga olib keladi. Bu kitobni yozishdan maqsad toʼqimachilikda, kashtachilikda, gilam toʼqishda ishlatiladigan ipak, ip va jun iplarini tabiiy boʼyokpar bilan boʼyoqlash jarayoni, bunda ustaxona qanday boʼlishligi, ishlatiladigan asbob uskunalar va umuman boʼyoqlar haqida ma’lumot berishdir.

  • Tabiiy ranglar bilan ishlash uchun zarur boʼlgan asbob-uskunalar
  • Ranglashda qanday suvdan foydalanish zarur
  • Ipakni oxorlash va ipak, ip, jun mahsulotlarni ranglashga tayyorlash.
  • Rasuljon-Mirzaahmedov.-Tabiiy-boyoqlar-siri pdf (7469kb) Yuklab olish

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.