Prezidentning tadbirkorlar bilan bo‘ladigan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida hunarmandchilik va zargarlik sohasi vakillari bilan tadbirkorlik sohasidagi muammolar va takliflar yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.Unda Savdo-sanoat palatasi, Soliq va Bojxona qo‘mitalari, Biznes-ombudsman, “Hunarmand” va Zargarlar uyushmalari rahbarlari ishtirok etdi.Uchrashuvda Prezidentning 2025 yil 26 iyunda qabul qilingan “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–207-sonli qarori mazmun-mohiyati keng yoritildi.
Uchrashuvda tadbirkorlar o‘z muammolari va takliflarini bildirish imkoniga ega bo‘lmoqda. Barcha fikr va tashabbuslar umumlashtirilib, Ochiq muloqot kun tartibiga kiritiladi.
Shu bilan birga uchrashuvda hunarmandchilik sohasida muammolar: Davlat mulkini ijaraga olish, yog‘och o‘ymakor ustalar uchun xom-ashyo bo‘lgan maxalliy daraxtlarni yetishtirish, hunarmandchilik mahsulotlarini birja va onlayn bozorga olib chiqishdagi muammolar ko‘tarildi va mutasadiy tashkilot rahbarlari ko‘tarilgan muammo va takliflar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar. Bizni kuzatib boring — yurtimiz hunarmandlari manfaatini himoya qilish bizning asosiy maqsadimiz!
