Matbuot anjumanida “Atlas bayrami” festivali bo’yicha OAV vakillariga to’liq ma’lumot berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi majlislar zalida «Atlas bayrami» VI – xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivaliga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Xakimov Akbar Abdullayevich, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Mirzaaxmedov Rasuljon Turg‘unboyevich, Butunjahon hunarmandlar kengashining Osiyo Tinch okeani mintaqasi prezidenti Aziz Maqsudovich Murtazayev, Farg‘ona viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshid Axmedovlar spiker sifatida ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun: «Atlas bayrami» an’anaviy to‘qimachilik festivaliga 2015 yilda asos solingan.

Festivaldan ko‘zlangan maqsad an’anaviy o‘zbek to‘qimachilik sohasida nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash va targ‘ib qilish, shuningdek, o‘zbek to‘qimachiligining barcha yo‘nalishlarida, paxtachilikdan tortib, ipak gazlamalar, gilamlar, kashtachilik yoki moda dizaynigacha bo‘lgan an’anaviy hunarmandchilikning sifati va dizaynini yaxshilash. Bundan tashqari, festivalning uzviy maqsadlari – o‘zbek to‘qimachilik an’analariga bo‘lgan bilim va qiziqishni keyingi avlodlarga yetkazishni ta’minlash, an’anaviy to‘qimachilik sohasida xalqaro tajriba almashish uchun platforma yaratish, o‘zbek to‘qimachilik sanoatining xalqaro maydonda e’tirof etilishiga hissa qo‘shishdir.

Oldingi Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan faol hunarmandlar taqdirlandi

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.