Hunarmand uyushmasi > Ma’naviyat va ma’rifat

Ma’naviyat va ma’rifat

2021 yil 26 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-5040 qarorni imzoladi.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

– «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish;
– Oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash;
– Targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish;
– El-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
– Aholining Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish;
– Madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish;
– Geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

Respublikaning barcha viloyat va tumanlarida, hududlarda barqaror ijtimoiy va ma’naviy muhitni mustahkamlash, aholi ongida ma’naviyatni oshirish maqsadida «Ma’naviyat va ma’rifat maskani» yaratiladi.

Respublika “Hunarmand” uyushmasida ham ushbu yo‘nalishda bir qator ishlar amalga oshirib borilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamentining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy kanali orqali siz o’zbek tili bilan bog’liq yurtimizda va xorijda yuz berayotgan eng so’nggi yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin!

“Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi Qonunga o’zgartirish kiritish bo’yicha huquqiy hujjat loyihasining muhokamasi.

Yozuv asriy an’ana. Argumentlar qarama-qarshiligi. “Yoshlar” press klubining navbatdagi soni aynan shu mavzu haqida bo’lib o’tadi.

25-mart kuni soat 20:20 da, “Yoshlar” telekanalida tomosha qiling.

O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini yanada oshirish, uni milliy qadriyat sifatida targ‘ib qilish hamda davlat tiliga oid muammolarni hal etishda ilmiy-amaliy yondashuvni rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab, “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovi eʼlon qilinadi.

Tanlov tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi.

Tanlov uchta yo‘nalishda o‘tkaziladi.

Birinchi yo‘nalishida – “Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud” mahalliy ijro etuvchi tuman va shahar hokimliklari ishtirok etadi.

Ikkinchi yo‘nalishda – “Davlat tilida ish yuritish yo‘lga qo‘yilgan eng yaxshi tizim” vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari orasidan aniqlanadi.

Uchinchi yo‘nalishida – “O‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha” ilmiy tashkilotlar, oliy va o‘rta-maxsus taʼlim muassasalari qatnashadi.

Tanlov joriy yilning 10-iyunidan 10-sentabriga qadar bo‘lgan muddat oralig‘ida o‘tkaziladi va g‘oliblar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi.

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.

Darvoqe, ularning davlat tilini rivojlantirish borasidagi tashabbuslari respublikamiz miqyosida ommalashtiriladi.

Tanlov haqida (71) 215-51-76, (71) 239-86-99 hamda (71) 203-32-32 (ichki raqam 232) telefon raqamlari yoki www.til.gov.uz  sayti orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti “Eng namunali vazirlik va idora” Respublika ko‘rik tanlovini e’lon qiladi.

  1. bosqich, “Eng namunali vazirlik va idora tanlovi”da ishtirok etish uchun arizalar  har yili 1-iyulga qadar Maxsus komissiyaga taqdim etiladi.
  2. bosqich, 10-iyulga qadar vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar to‘plami o‘rganib chiqilib, munosib nomzodlar saralanadi.
  3. bosqich, 1-avgustga qadar saralangan vazirlik va idoralarning ma’naviy-ma’rifiy sohalarda amalga oshirilgan ishlari joylarga chiqqan holda o‘rganilib, baholanadi.

Tanlov g‘oliblari har yili Mustaqillik bayrami arafasida taqdirlanadi.

Tanlov haqida batafsil ma’lumotlarni  (97) 542-44-48 raqamidan olishingiz mumkin.