Malayziyada o’tkazilgan “Borneo Craft Global” (BCG) “Expo & Conference” festivalida o’zbekistonlik hunarmand Rustam Muzaffarov munosib ishtirok etdi

Malayziyaning turizm shahri Kuchingda “Borneo Craft Global” (BCG) “Expo & Conference” festivali bo’lib o’tdi. Quvonarlisi, ushbu festivalda o’zbekistonlik yosh hunarmand, shahrisabzlik mohir kulolchilar sulolasining yettinchi vakili Rustam Muzaffarov o’z ijodiy mahsulotlari bilan munosib ishtirok etib, “Maktabgacha va maktab ta’limida an’anaviy kulolchilikning o’rni” mavzusida ma’ruza qildi.

Hunarmand o’z ma’ruzasi davomida kulolchilikning bola qo’l matorikasiga foydalari taraflarini bevosita amaliy jarayon hamda video darslar orqali ko’rsatib berdi.

Konferensiyaning uchinchi kunida R. Muzaffarov xalqaro hakam sifatida festival g’oliblarini aniqlash jarayonlarida munosib ishtirok etdi.

Oldingi O’zbekistonlik yosh hunarmand Surayyo Halilova Indoneziyada o’tkazilgan «Osiyo davlatlari milliy modasi va san’ati» ko’rgazmasida ishtirok etdi

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.