Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti va O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi R.Mirzaaxmedov Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti direktori Botir Ergashevni qabul qildi.

Ikki tomonlama manfaatli bo‘lgan o‘zaro suhbat davomida Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti va O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu memoranadum:
Usta-shogird an’analari orqali yoshlarda hunarmandchilikka oid ko‘nikmalarni shakllantirish, yoshlar tomonidan yaratilgan buyumlar ko‘rgazmalarini tashkil qilish, kelajakda hunarni mukammal o‘rganishlari uchun mahallalardagi usta-hunarmandlarga shogird sifatida biriktirish, shuningdek, usta-hunarmandlar bilan birgalikda respublika miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etishlariga ko‘maklashish;

Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati namunalarini ilmiy-uslubiy jihatdan o‘rganish, hududlar kesimida ilmiy-ekspedisiyalar tashkil qilish;

Nomoddiy madaniy meros namunalarini aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida hamkorlikda ilmiy-amaliy anjumanlar, forumlar, seminarlar, davra suhbatlari tashkil etish va o‘tkazish kabi yo‘nalishlardan iboratdir.

Oldingi 2025-yilning 7-23-fevral kunlari Hindiston davlatining Xariana shtati Faridabad shahrida «Surajkund International Crafts Mela-2025» ko’rgazmasi o’tkaziladi.

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.