Ushbu nufuzli anjumanlar doirasida qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi. Jumladan, festival ishtirokchilari bilan tantanali yurishlar, mahalliy va xorijiy hunarmandlarning mahsulotlaridan iborat ko‘rgazma-savdolar, ilmiy konferensiyalar, xalqaro va mahalliy hunarmand-dizaynerlar ishtirokidagi modalar namoyishi, xalq sayllari, qo‘g‘irchoqbozlar va dorbozlar tomoshalari, viloyatlar folklor jamoalari hamda madaniyat boshqarmalari tomonidan konsert dasturlari, osh tanlovlari va mahorat darslari tashkil etiladi.
Shuningdek, festival mehmonlari uchun Qo‘qon shahrining madaniy-ko‘ngilochar maskanlari va turistik yo‘nalishlari bo‘ylab sayohatlar uyushtiriladi.