Avval xabar berganimizdek, Jahon hunarmandlar Kengashi (WCC AISBL) prezidenti Saad H J Alqadoomi rahbarligidagi xalqaro delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Mehmonlar hozirda — Andijon viloyatida.
Bugun Andijon viloyati hokimligida delegatsiya a’zolari, hokimning birinchi o‘rinbosari Karimov Dilshod Abdumalikovich va Respublika «Hunarmand» uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Shaxrixon tumanida hunarmandlar uchun qulay imkoniyatlar yaratish, hunarmandchilik va turizm sohalarini yangi bosqichga olib chiqish,tumanga «Hunarmandchilik shahri» maqomini berish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.
Delegatsiya a’zolari tashrif davomida mahalliy hunarmandlar faoliyati, ularning mahsulotlari va yaratilgan infratuzilmalar bilan yaqindan tanishishadi