Jahon hunarmandlar Kengashi delegatsiyasi Farg‘onada!

O‘zbekistonga tashrif buyurgan Jahon hunarmandlar Kengashi (WCC AISBL) prezidenti Saad H J Alqadoomi rahbarligidagi xalqaro delegatsiya (AQSH, Hindiston, Quvayt, Rossiya va Janubiy Afrikadan) ayni paytda Farg‘ona viloyatida bo‘lib turibdi.
Bugun, 24 iyul kuni delegatsiya Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bilan uchrashdi. Uchrashuvda hokim mehmonlarni qutlar ekan, viloyatdagi boy hunarmandchilik an’analari, xususan, Rishton tumanidagi kulolchilik san’ati va mahalliy ustalar faoliyati haqida ma’lumot berdi.
Rishton tumaniga “Butunjahon hunarmandlar shahri” maqomini berish masalasi muhokama qilindi.
Saad H J Alqadoomi o‘z nutqida O‘zbekistondagi hunarmandchilik salohiyatini yuqori baholar ekan, Jahon hunarmandlar Kengashi tomonidan mahalliy hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro maydonga olib chiqish va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflarini bildirdi.
Delegatsiya hududdagi hunarmandlar ustaxonalariga ham tashrif buyuradi, mahalliy san’at namunalari bilan yaqindan tanishadi.




Oldingi ETHNOFASHION – 2025 TURKIY OLAMNING ZAMONAVIY MANZARASI

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.