Iqtisodiy mustaqillikdan – ijtimoiy faollik sari

Qoraqalpog‘iston Respublikasida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “5 yillik sarhisob: iqtisodiy mustaqillikdan ijtimoiy faollik sari” mavzusida Milliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy kengashlar deputatlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda yoshlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida hunarmandlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Ko‘rgazmada mahalliy ustalarimiz tomonidan tayyorlangan noyob mahsulotlar namoyish etildi.

Ushbu anjuman hunarmand ayollarimizning imkoniyatlarini yanada kengaytirish, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etishda muhim qadam bo‘ldi.

 

Oldingi Siyosiy-ma’rifiy soat” – dolzarb yangiliklar va yuksak ma’naviyat sari qadamlash!

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.