Ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi

Respublika «Hunarmand» uyushmasi va Tojikiston Respublikasi So’g’d viloyati hunarmandchilik direksiyasi bilan tuzilgan o’zaro memоrandumga asosan Farg’ona viloyatiga So’g’d viloyati Istaravshan shahridagi «Milliy hunarmandchilik va amaliy san’at kolleji»da o’quvchi yoshlarga bilim va hunar o’rgatib kelayotgan usta-hunarmand va murabbiylar tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida mehmonlar dastlab Marg’ilon shahridagi 2-son kasb-hunar maktabida bo’ldilar.

Usta-hunarmand va murabbiylarni «Hunarmand» uyushmasi viloyat boshqarmasi, oliy va o’rta ta`lim, innovatsiya boshqarmasi bilan birgalikda kasb-hunar maktabi rahbariyati va o’quvchi yoshlari tantanali kutib olishdi.

Mehmonlar ta`lim dargohi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif so’ngida viloyat oliy, o’rta ta`lim, innovatsiya boshqarmasi rahbariyati hamda So’g’d viloyati Istaravshan shahrida faoliyat yuritayotgan «Milliy hunarmandchilik va amaliy san’at kolleji» o’rtasida, ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Kunning ikkinchi yarmida tojikistonlik mehmonlar shahardagi «Yodgorlik» xususiy korxonasi hamda Marg’ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markaziga tashrif buyurib, kasb-hunar maktablari va hunarmandchilik obyektlari o’rtasidagi o’zaro hamkorlik tajribalari bilan tanishdilar.

Oldingi BUGUN TUG’ILGAN KUN!

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.