Hunarmandlarga elektron a'zolik guvohnomasi beriladi

     O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi aʼzolariga elektron guvohnoma berish tizimi joriy etilgan. Ushbu elektron tizimning bir qator afzalliklari mavjud.

Eng avvalo, uyushma aʼzolarinig vaqtini tejash, chekka hududlarda faoliyat olib borayotgan usta-hunarmandlarga guvohnomani topshirish bilan bogʼliq xarajatlar qisqaradi. Guvohnomani olish muddati tezlashadi.

Shuningdek, uyushma aʼzolarining nomi, faoliyat turi, aʼzolik muddati, guvohnoma sonini va boshqa maʼlumotlarni uyushmaning elektron bazasidan tekshirish imkoniyati yaratildi. Zero, unda aʼzoning ismi, faoliyat turidan tashqari soliq toʼlovchining indetifikatsion raqami (STIR), guvohnomaning amal qilish muddati va boshqa maʼlumotlar koʼrsatiladi.

    Guvohnomani qalbakilashtirishga yoʼl qoʼymaslik maqsadida guvohnomani tekshirishning 3 xil koʼrinishi aks ettirilgan:

 * QR-kod;

 * Uyushmaning rasmiy veb-saytiga havola;

 * Uyushmaning kol-tsentr raqami (telefon orqali aʼzolikni aniqlash maqsadida)

Guvohnoma kimlarga beriladi? Uning yangi elektron koʼrinishi birinchi navbatda uyushma aʼzoligiga endigina koʼshilgan hunarmandlarga va aʼzolik guvohnomasining amal qilish muddati oʼtgan aʼzolariga beriladi.

Soʼngra bosqichma-bosqich barcha uyushma aʼzolarining guvohnomalari elektron shaklga oʼzgartiriladi.

[bvi]