“Hunarmand” uyushmasi va “Ipak yo‘li” xalqaro ilmiy tadqiqot instituti hamkorligida “Qashqadaryo va Surxondaryo gilamdo‘zlik san’ati: an’anaviylik va zamonaviylik” mavzusida ekspedisiya o‘tkazilmoqda.
Ekspedisiya doirasida tadqiqot guruhi Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, Machay qishlog‘iga tashrif buyurib, mahalliy gilamdo‘zlar —
Eshonqulova Roziya
Sobirova Nazokat
ustalar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Ularning gilamdo‘zlikka xos uslublari, an’anaviy naqshlari va zamonaviy ijodiy yondashuvlari tahlil etildi.
Ekspedisiya maqsadi — gilamdo‘zlikning boy merosini ilmiy o‘rganish, hujjatlash va yangi avlodga yetkazishdan iborat.
Foto va tafsilotlar – tez orada kanalda!