O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan O‘zbekiston xalq ustasi Maqsudjon Madaliyev ustaxonasida bo‘lib, usta bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida ustaxonani ta’mirlash hamda yangi mahsulotlar ko‘rgazmasini tashkil etish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.