O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyatida xizmat safarida
Xizmat safari davomida uyushma raisi Turkiston shahridagi Ahmad Yassaviy majmuasi kompleksida yangi barpo etilayotgan Hunarmandlar shaharchasida bo‘lib, hunarmandlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida Turkiston viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Zulfuxar Joldasov hamda Turkiston viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘i Nurdaulet Medeuovlar bilan uchrashib, ikki davlat o‘rtasida hunarmandchilik sohasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida fikr almashildi.
Shuningdek, Turkiston viloyatiga tashrif davomida uyushma raisi “Open Turkiston” direksiyasi rahbari T.Muratov bilan ham suhbatlashdi. Ikki tomonlama va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi hamda “Open Turkiston” direksiyasi o‘rtasida ustoz-shogird maktablarini rivojlantirish, ikki mamlakat usta-hunarmandlarining o‘zaro hamkorliklarini yanada mustahkamlash, O‘zbekiston hunarmandlari kunlarini o‘tkazish bo‘yicha aniq kelishuvalarga erishildi.
Bir so‘z bilan aytganda ushbu uchrashuv hunarmandchilikni rivojlantirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga yanada keng yo‘l ochdi.