Avval xabar berganiizdek, O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi hamda “HUMO DOCUMENTARY” MCHJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
Bugun “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov “HUMO DOCUMENTARY” MCHJ rahbari Grisuk Oksana Aleksandrovna bilan ikki hamkor tashkilot o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan suhbatlashdi.
Suhbat davomida shuningdek, joriy yilning 18-may kuni “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirga tayyorgarlik ko‘rish borasida ham ishlar belgilab olindi.