Bugun 28 aprel kuni Respublika “Hunarmand” uyushmasida Boshqiriya Ko‘rgazma Kompaniyasi BKK bosh direktori Keldeguleva Albina Valiyevna bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv yakunida “Hunarmand” uyushmasi hamda Boshqiriya Ko‘rgazma Kompaniyasi BKK o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum doirasida tomonlar o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratiladi.