Farg‘onada yangi hunarmandchilik markazi ish boshladi

Farg‘ona shahrida milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, ustalar mehnatini qo‘llab-quvvatlash va mahalliy hamda xorijiy mehmonlarga milliy san’at namunalarini namoyish etish maqsadida yangi hunarmandchilik markazi ish boshladi.

Markazda viloyatimizning mohir ustalari bilan bir qatorda qo‘shni Andijondan kelgan hunarmandlarning mahsulotlari ham joy olgan. Bu yerda milliy qo‘l mehnati asarlarini tomosha qilish bilan birga, mehmonlar ularni tayyorlash jarayonida bevosita ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladilar.

Eng quvonarlisi, markaz faoliyatida usta-shogird an’anasi asosida yoshlarni hunarga o‘rgatish ham ko‘zda tutilgan. Bu esa yoshlarda milliy qadriyat va kasb-hunar ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Markazni tashkil etishda Farg‘ona shahar hokimligi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilib, tadbirkor Nargizaxon Yo‘ldasheva ushbu ezgu tashabbusga bosh bo‘ldi.

Hunarmandchilik markazi nafaqat madaniy merosimizni asrab-avaylash, balki turizmni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va yosh avlodni milliy hunarmandchilik an’analari ruhida tarbiyalashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Oldingi Diqqat e’lon!

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.