E’LON! Xalqaro hunarmandchilik festivali va kulolchilik forumiga taklif etamiz!

 19–21 sentyabr, 2025 yil
Qo‘qon shahri — “III Xalqaro hunarmandchilik festivali”
Rishton tumani — “II Xalqaro kulolchilik forumi”
Hurmatli hunarmandlar!
Yurtimizda an’anaviy ravishda o‘tkazib kelinayotgan ushbu nufuzli xalqaro festival va forumda ishtirok etishni xohlasangiz, arizalar qabul qilinmoqda!
Ariza topshirish uchun:
Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:
Ariza yuborish havolasi (Ariza yuborish)
Talab etiladigan hujjatlar:
Familiya, ism, otasining ismi (F.I.Sh.)
Pasport seriya va raqami
Hunarmandchilik yo‘nalishi
Qaysi hududdan ekanligingiz
Jinsi (Ayol/Erkak)
“Hunarmand” uyushmasi a’zoligini tasdiqlovchi guvohnoma
(PDF yoki rasm shaklida)
Shaxsiy fotosurat
(Fonida toza, 3×4 yoki portret shaklida)
Qisqacha ma’lumot (1 sahifagacha):
Faoliyatingiz, yutuqlaringiz, tajribangiz (necha yil), sulola davomchisimisiz, hamda ixtisosligingiz haqida ma’lumot yozing.
Faoliyatingizga oid 10 ta mahsulot fotosuratlari
(Sifati yuqori, aniq va ravshan bo‘lishi zarur)
Taqdim etilgan arizalar Respublika Badiiy kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va saralanadi.
O‘zingiz yaratgan noyob mahsulotlaringiz bilan xalqaro sahnada ishtirok etish imkonini qo‘ldan boy bermang!
Ariza topshirish uchun uchun so‘nggi muddat:
2025 yilning 10 avgustiga qadar

Ariza yuborish 

Oldingi Ayni vaqtda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat sohasida nufuzli xalqaro brendlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-286-sonli qarori ijrosi yuzasidan

7 Fikirlar

  • 16 Iyul 2025

    Хунарманд уюшмадан чексиз миннатдорман. Уюшма сабаб биз хунармандларни халк танияпти мехнатимиз кадрланяпти.

    • 17 Iyul 2025

      Hunarmandlar uchun berilayotgan imkoniyatlardan mamnunmiz va unumli foydalanamiz degan niyatidaman

    • 17 Iyul 2025

      Hunarmandlar uyushmasi bizì hunarmandlarni qoʻllab quvatlayapti va ishimizni yanada rivojlanishiga hissa qoʻshmoqda.Yaxshi tashkilot.

  • 17 Iyul 2025

    Hunarmandlar uyushmasi bizni qòllab quvvatlayotgani va imkoniyat yaratib berayotgani uchun raxmat

    • 17 Iyul 2025

      Кургазмалар оркали биз оддий хунармандлар дуне куряпмиз уюшмага катта рахмат

  • 17 Iyul 2025

    Hunarmandlarga berilgan imtiyozlardan juda xursandman, bizga berilgan imtiyozlar sababli o‘z mono markazimni ochishga erishdim va bundan juda mas’ul shaxslardan, davlatimizdan minnatdorman!

Matkarimovaga fikr bildirish Javobni bekor qilish

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.