Joriy yilning 21-25-fevral kunlari Pokistonning Lahor shahrida YUNESKOning Islom sanʼati kuni munosabati bilan Xalqaro islom sanʼati festivali (IIAF25) bo’lib o’tishi rejalashtirilgan. Ushbu ko’rgazma islom san’atining boy merosi va uning jahon madaniyatiga qo’shgan hissasi haqida xabardorlikni oshirish va qadrlashni oshirishga qaratilgan.
Mazkur festivalda ishtirok etish uchun asosiy hunarmandchilik yo’nalishlari: xattotlik, kulolchilik, qo’lda gilam to’qish, miniatyura rang tasvir.
Barcha harajatlar hunarmandlarning o’z hisobidan.
Ushbu festivalda ishtirok etishni istaganlar quyidagi havola orqali ariza topshirishlari mumkin:
https://forms.gle/5hy3RkznzzfS5W4b6