Joriy yil 6-8 iyun kunlari Buxoro shahrida XXI-an’anaviy “Xalqaro ipak va ziravorlar” festivali o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu festivalda ishtirok etishni istagan hunarmandlar 2025 yil 15 may kuniga qadar o‘zlari faoliyat ko‘rsatib kelayotgan viloyatdagi hududiy boshqarmaga murojaat qilishlari mumkin.
Festivalda ishtirok etish uchun (Buxoro shahriga borish-kelish, mehmonxona, ovqatlanish va boshqa barcha harajatlari) hunarmandlarning o‘z hisobidan qoplanishini ma’lum qilamiz.