Hurmatli hunarmandlar! ️
Sizlarni 2026-yil 15–17-may kunlari Buxoro shahrida o‘tkaziladigan “III Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali”da ishtirok etishga taklif etamiz.
Mazkur festival milliy hunarmandchilik an’analarini asrab-avaylash, rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
Festival tashkilotchilari:
— “Hunarmand” uyushmasi
— Buxoro viloyati hokimligi
— O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
Ishtirok etish uchun onlayn arizalarni qabul qilish tez orada boshlanadi. Ro‘yxatdan o‘tish havolasi rasmiy sahifalarda e’lon qilinadi.
O‘tkazilish joyi: Buxoro shahri
Sana: 2026-yil 15–17-may