E’LON!
III Xalqaro Hunarmandchilik Festivali va II Xalqaro Kulolchilik Forumi doirasida
HUNARMANDLAR O‘RTASIDA TANLOV E’LON QILINADI!
Sana: 2025 yil 19–21 sentyabr
Joyi: Qo‘qon shahri va Rishton tumani, Farg‘ona viloyati
Yo‘nalishlar:
Hunarmandchilikning barcha an’anaviy va zamonaviy turlari
Tanlov maqsadlari:
• Milliy va xalqaro hunarmandchilik an’analarini rivojlantirish
• Iqtidorli hunarmandlarni aniqlash va rag‘batlantirish
• Hunarmandchilik orqali xalqlar o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlash
Tanlov nominatsiyalari:
• Eng yaxshi hunarmand
• Eng yosh hunarmand
• Eng yaxshi hunarmandchilik maktabi ustasi
• Qadimiy sulola davomchisi
• Qadimiy hunarmandchilik turini tiklagan hunarmand
Tanlovda qatnashgan har bir ishtirokchiga sertifikat taqdim etiladi!
Tanlovda ishtirok etish uchun Xalqaro Hunarmandchilik Festivali va Kulolchilik Forumiga ariza topshirishingiz zarur.
Respublika Badiiy Kengashi tomonidan ma’qullangan hunarmandlar festival va forum ishtirokchisi sifatida tanlovda qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.
Baholash mezonlari:
Milliy an’analarni aks ettirishi
Uslub va maktabning o‘ziga xosligi
Mahsulotlarning tarixiy ahamiyati va hunarmandlik mahorat darajasi
Tanlovni mahalliy va xorijiy ekspertlardan iborat hakamlar hay’ati baholaydi.
Tashkilotchilar:
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Farg‘ona viloyati hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlar
Iqtidoringizni butun dunyoga namoyon eting!
Qo‘qon Sizni kutmoqda!
Juda ham yaxshi o’ylangan fikr chunki biz ijodkor yosh hunarmandlar uchun bu kotta imkoniyat