Joriy yilning 17-18-may kunlari Samarqand shahrida “Asriy an’analar sadosi” nomli hunarmandchilik ko‘rgazma-savdosi hamda III-xalqaro kashtachilik festivali va kulollar sayli o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu ko‘rgazma-savdo va festivalda ishtirok etish ixtiyoriy, (Samarqand shahriga borish-kelish, mehmonxona, ovqatlanish va boshqa barcha harajatlar) hunarmandning o‘z hisobidan qoplanadi.
Ushbu ko‘rgazma-savdo va festivalda ishtirok etishni istagan hunarmandlar Uyushmaning hududiy boshqarmalariga murojaat etishlari kerak:
Tadbirning o‘tkazilish manzili: Samarqand shahar I.Karimov ko‘chasi. Mo‘ljal: Registon maydonining orqa tarafi.
Tadbir haqidagi to‘liq ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:
94-186-00-57
66-235-13-35
90-276-04-42