Joriy yilning 27-may kuni Respublika “Hunarmand” uyushmasi majlislar zalida “Oilaviy hunarmandlarning mamlakatning turizm jozibadorligini oshirishga qo‘shayotgan hissasi” mavzusida turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan hunarmand tadbirkor oilalarining ilmiy anjumani o‘tkaziladi.
Ushbu anjuman oilaviy hunarmandlarning mamlakatning turizm jozibadorligini oshirishga qo‘shayotgan hissasini tahlil qilish, ular yaratayotgan mahsulotlarning zamonaviy bozordagi o‘rnini o‘rganish, an’anaviy amaliy san’atning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatish, hunarmandchilik va turizmning chambarchas bog‘liqligini har tomonlama muhokama qilish va uni yanada rivojlantirish to‘g‘risida qilinishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlarni o‘rganish maqsadida tashkil etilmoqda.
Konferensiyada ishtirok etish uchun arizalar hamda mas’ul shaxs haqidagi ma’lumotlar va ma’ruza matni, 20-maydan kuniga qadar noza_87@list.ru elektron manziliga yuborilishi lozim.
Ma’ruza va maqola matnlari 2025-yil 20- mayga qadar qabul qilinadi. Ma’ruza tasdiqlanganidan keyin ishtirokchiga konferensiya dasturi, o‘tkazilish tartibi va onlayn‑sessiyaga kirish havolasi yuboriladi.