Mirzabaxrom Abduvaxobov XXX
Kasbi
Chinni, fayans va sopol buyumlari
F.I.O
Mirzabaxrom Abduvaxobov XXX
Pasport seriyasi raqami
*********
Tug'ilgan vaqti va joyi
Andijon tuman 18.10.1950 yil
Fuqoroligi
O'zbekiston
Ma'lumoti
O'rta
Yashash manzili
Andijon shahar Majxuriyko'chasi 307-uy
Faoliyat manzili
Andijon shahar Majxuriyko'chasi 307-uy
Telefon raqami:
998932571295
E-mail:
andijan-hunarmand@mail.ru
Web sahifasi:
Yo'q
Shogirdlari soni:
100
Faoliyat turi:
Chinni, fayans va sopol buyumlari
Qay biriga ega:
Xalqaro ko'rgazma, ko'rik tanlov, festival g'olibi yoki lauriyati
Uyushmaga birinchi marta a'zo bo'lgan yili:
1997-yildan buyon a'zo
Davlat mukofotlari
Yo'q
Yurtimizda o'tkazilgan ko'rgazma-tanlov, festivallardagi ishtiroki
1992, 1993, 1994-yillarda respublika mustaqilligi va 1995-2000 yillarda "Navro'z" respublika xalq hunarmandlar yarmarkasi, "Buyuk ipak yo'li" xalqaro yarmarkasida (1995-2011)qatnashdi.1995 yil Yuneskoning 50 yilligi tanlovida "Xalqaro usta" sertifikati, bilan taqdirlandi, "Usta-shogird" yo'nalishi a'zoligiga qabul qilindi. Mustaqillikning 10 yilligi respublika (2001), "Bazar-art", (2007-2009), Toshkentdagi respublika kulollar ko'rgazmasi (2006-2007), Marg'ilondagi "Vodiy kamalagi 2010" festivali, ko'rgazmalar ishtirokchisi. 2007-2017 yillarda respublika "Mustaqil yurt xunarmandlari" an'anaviy savdo yarmarkasida qatnashdi, 2013 yil shaxsiy ko'rgazmasini tashkil qildi. 2015 yil shaxsiy ko'rgazmasini tashkil qildi. 2015 yil ''Buyuk ipak yo'li va ziravorlar'' xalqaro turistik ko'rgazmasi va "O'zbekiston kulolchiligini saqlovchilar" va "Boqiy an'analar" respublika ko'rgazmasida, 2017 yil 1-Xalqaro Amaliy san'ati festivali hamda "Tashabbus-2017" tanlovining respubublika bosqichida, 2018 yil Shaxrisabzda bo'lib o'tgan Xalqaro maqom festivaliga bag'ishlangan ko'rgazmada ishtirok etgan.Xalqaro toifadagi kulol M.Abduvaxobov o'ziga xos Andijon kulollik san'ati maktabi orqali o'zbek milliy an'anaviy kulolchilik san'ati rivojiga munosib xissa qo'shdi. M.Abduvaxobov ijod namunalari O'zbek davlat san'ati, Xalq amaliy san'ati, Samarqand, Andijon, Buxoro, O'zbekiston Davlat tarixi, Moskvadagi Sharq Xalqlari kabi o'ndan ziyod muzeylarda AQSh, Yaponiya, Izroil, Angilya, Fransiya, Germaniya kabi davlatlardagi kolleksiyalarda saqlandi. 300 yillik o'ziga xos kulollar sulolasininng 14-vakili.
Xorijiy davlatlarda o'tkazilgan ko'rgazma-tanlov, festivallardagi ishtiroki:
1974-yil Qo'qonda, "O'rta Osiyo va O'zbekiston moviy kulolchiligi", respublika rassomlari va xalq ustalari ko'rgazmasi (1980), Avstriyada o'tkazilgan madaniyat kunlari (1980), Avstryada o'tkazilgan madaniyat kunlari (1982), Ispaniya va Germaniya (1983), Makedoniya, Vengrya, Chexoskovakiya, Ruminiya, davlatlarida (1986), "Usto" birlashmasi orkali Moskvadagi an'anaviy CNG respublikalari va respublikalararo qo'shma va savdo ko'rgazmalarida ishtirok etdi. U mustaqillik yilarida yanada katta muvafaqqiyatlarga erishdi. O'zbek kulolchiligini dunyoga yoyilishiga katta xissa qo'shdi.
Ustozi haqida (Sulola davomchisi bo'lsa, sulola haqida qisqacha ma'lumot) i
Abduvaxobov Mirzabaxrom 14 sulola bo'lib, otasining xamda bobolari qo'lidan ushbu xunar turini egallab xozirda o'zi xam Yuneskoga kiritilgan usto xunarmand xisoblanadi.
Ijodining o'ziga xosligi
Usta ijodining o'ziga xosligi boshqa kulollik maktablarida uchramaydigan ijod namunalaridangi sariq, qizg'ish, oq, yashil tuslanuvchi ranglar uygunligi va o'ziga xos naqishlarda namoyon bo'ladi.
Ishlab chiqargan mahsulotlari turlari va nomi
Sulolaning asrlar davomida shakillangan "Belbog'i", "Chorbarg", "Pillaki","Anor", "Oshiqcha", "Qo'shbarg", "Qovun chetan", "Binafsha", "Qo'sh nay", kabi o'ziga xos naqishlarda namoyon bo'ldi. Turli kattalikdagi va turli nomlanuvchi ko'zalar, xumlar, tovoqlar, kosalar.
Qo'shimcha:(agar bo'lsa)
Yo'q