Faroxat Sadullayeva Aminovna
Kasbi
Gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar
F.I.O
Faroxat Sadullayeva Aminovna
Pasport seriyasi raqami
*********
Tug'ilgan vaqti va joyi
20.05.1960 yil Urganch shahri
Fuqoroligi
O'zbekiston
Ma'lumoti
oliy
Yashash manzili
Xorazm viloyati, Urganch shahar, Tong ko‘chasi, 9-uy
Faoliyat manzili
Xorazm viloyati, Urganch shahar, A.Temur ko‘chasi, 105-uy
Telefon raqami:
998975105300
E-mail:
xorazm.hunarmand@mail.ru
Web sahifasi:
yo'q
Shogirdlari soni:
5
Faoliyat turi:
Gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar
Qay biriga ega:
Xalqaro ko'rgazma, ko'rik tanlov, festival g'olibi yoki lauriyati
Uyushmaga birinchi marta a'zo bo'lgan yili:
2004 yil 3 mart
Davlat mukofotlari
yo'q
Yurtimizda o'tkazilgan ko'rgazma-tanlov, festivallardagi ishtiroki
2005-yilda “Tashabbus-2005” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida qatnashib, kimmatbaxo sovg‘a bilan taqdirlangan. 2006-yilda “Tashabbus-2006” ko‘rik tanlovida qatnashib tuman bosqichida 2-o‘rin soxibi bo‘lgan. Qimmatbaxo sovg‘a bilan taqdirlangan. 2007-yil 8-mart Xotin qizlar kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazmada o‘z maxsulotlari bilan qatnashgan. 2007, 2008, 2009-yillarda Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan maxalla jamg‘armasi tomonidan tashkil qilingan ko‘rgazmada shaxsiy ko‘rgazmasini namoyish qilgan. 2010-yili Xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan Xorazm viloyat Ogoxiy teatrida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada ishtirok qildi. “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi tomonidan Xiva shaxrida 2010-yilning 8-9-may kunlari o‘tkaziladigan “Asrlar sadosi-2010” an’anaviy madaniy festivalida o‘z maxsulotlari bilan qatnashdi. Shu yili 7-8-oktabr kunlari “UzEkspoSentr” kurgazmalar pavilionida o‘tkazilgan 16-Toshkent Xalkaro Turistik Yarmarkasi TMTYA-2010 ko‘rgazmasida qatnashdi. 2010 yillarda: “Tashabbus-2010” kurik tanlovining tuman bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib “Eng yaxshi hunarmand” nominatsiyasi va viloyat bosqichida 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, qimmatbaxo sovg‘alar bilan taqdirlandi. 2011-yil “Tashabbus-2011” ko‘rik tanlovining shahar bosqichi g‘olibasi va “Eng yaxshi tadbirkor ayol” nominatsiyasi g‘olibi viloyat bosqichida qatnashib Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Respublika bosqichida qatnashib BTMning “Yilning eng yaxshi tadbirkor ayoli” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lib, yangi biznes loyixa xujjatini tayyorlash uchun 5000000 (besh million) so‘mlik SЕRTIFIKATga sazovor bo‘ldi. 2012 yil O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 21 yilligi munosabati bilan soxadagi ko‘p yillik samarali mexnati orqali vatanimiz mustaqilligini mustaxkamlashga qo‘shgan munosib xissasi, xamda mamalakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi faol ishtiroki uchun “O‘z kasbining mohir ustasi” diplomi bilan taqdirlangan.
Xorijiy davlatlarda o'tkazilgan ko'rgazma-tanlov, festivallardagi ishtiroki:
2012 yili Qozog‘iston respublikasining Alma-ata shahrida o‘tkazilgan O‘rta Osiyo Davlatlari hunarmandlarining “Ipak yo‘li” festivalida shaxsiy ko‘rgazmasi bilan qatnashib maxsus SЕRTIFIKAT bilan taqdirlangan. Shu bilan birga shu yili Rossiya federatsiyasining Leningrad viloyati Gatchina shaxrida o‘tkazilgan “Ayol qalbiga yo‘l tuting” qurokchilik san’ati bo‘yicha xalqaro festivalda o‘z maxsulotlarining shaxsiy ko‘rgazmasini tashkil qilib, maxsus diplom bilan taqdirlandi. 2010 yili Rossiyaning Moskva shahrida o‘tkazilgan hunarmandlar ko‘rgazma yarmarkasida maxsulotlari bilan qatnashdi. Amerika Qo‘shma Shtatlariga, Ispaniya, Germaniya davlatlarida xam bizning yeyma va quroq ko‘rpalarimizga qiziqish katta bo‘lganligi sababli 2010 yil 27-28-avgust kunlari Amerikalik xamkorlarimiz Janob Patrik va Margaret xonimlar hunarmandimizning uyida mexmon bo‘lib, yeyma ko‘rpalarni tikish uslublari bilan tanishib juda xursand bo‘lib ketishgan. 2015 yil aprel oyida Xitoy davlatining Guanchjou shahrida o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmada ishtirok qilgan.
Ustozi haqida (Sulola davomchisi bo'lsa, sulola haqida qisqacha ma'lumot) i
2-sulola 2-sulola vakili. U tikuvchilik sirlarini onasi Raximova Minavvardan urgangan. Onasi Raximova Minavvar “Xorazm Feruz” Sadullayeva Faroxat nomli tikuvchilik korxonasida 36 (uttiz olti) yil tikuvchi-bichuvchi bulib ishlagan. Mustakil tikuvchilik faoliyatini 2000 yilda kizi Xasanova Feruza, kelini Ulliyeva Shaxlo va bitta shogirdi Matyakubova Nargizalar bilan boshlagan.
Ijodining o'ziga xosligi
Xorazmning milliy uslubidagi liboslarni tayyorlashi hamda qadimiy quroqchilik san’ati maxsulotlarini qo‘lda tayyorlanganligi.
Ishlab chiqargan mahsulotlari turlari va nomi
Xorazmning milliy uslubida qo‘lda tikiladigan yeyma usulidagi maxsulotlar: ko‘rpalar, yeyma ko‘rpa, quroq ko‘rpa, ko‘rpacha (tushamcha), yotoq anjomlari, ayollar va erkaklar choponlari, kizlar uchun nimchalar bolalar nimchalari, yostiq jildlari,ayollar sumkalari, milliy duppilar, kashtachilik maxsulotlari ishlab chikarmokda
Qo'shimcha:(agar bo'lsa)
adullayeva Faroxat qo‘lda to‘qilgan milliy matolardan tikilgan ko‘rpalar (yeyma) ga o‘zining mexrini, ko‘z nurini va ustalik maxoratini berganligi tufayli o‘z maxsulotlarini boshqa xomiylar orqali Respublika tashqarisiga ya’ni, Qozogiston Respublikasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Ispaniya, Rossiyaning Moskva va boshqa shaxarlarga olib chiqilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi va 25 yilligi munosabati bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. Uzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Toshkent shaxri UzEkspomarkazda 2018 yil 8 mart Xalkaro xotin-kizlar kuniga bagishlab utkazilgan tadbirda “Dustlik” ordeni bilan takdirlandi.