“Craft fair Uzbekistan” III xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi davom etmoqda

Central Asian Expo (CAEx) Uzbekistanda (Yangi O‘zbekiston bog‘i yaqinidagi Yangi Ekspomarkaz)da “CRAFT FAIR UZBEKISTAN”  III xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi davom etmoqda.

O‘zbekistonning turli hududlariga xos bo‘lgan kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi kabi hunarmandchilik yo‘nalishlarida mashhur hunarmand ustalar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar pavilyonlarni bezadi.

 

Ushbu xalqaro yarmarkada respublikamizning barcha hududlaridan 100 nafardan ortiq mahalliy hamda Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston kabi xorijiy mamlakatlardan 15 nafar hunarmandlar ishtirok etmoqda.

Ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik mahsulotlar yurtimizga kelayotgan ko‘plab sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Mazkur yarmarkaning o‘tkazilishi ham avvalo hunarmandchilikda xalqaro savdoni rivojlantirishga qaratilgan.

Bunday tadbirlarning tashkil etilishi hunarmandlarni  har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning mahsulotlarining savdosiga ko‘maklashish, yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarga milliy hunarmandchiligimiz haqida ma’lumot berish, targ‘ib qilish, yoshlarga hunar o‘rgatishdan iborat.

 

Oldingi “CRAFT FAIR UZBEKISTAN” III xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi boshlandi

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.