Respublika «Hunarmand» uyushmasida Butunjahon hunarmandchilik Kengashining WCC prezidenti Saad Ol Kaddumi bilan zoom platformasi orqali uchrashuv o‘tkazildi
Uchrashuvda Respublika «Hunarmand» uyushmasi raisi R.Mirzaaxmedov ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari “Hunarmand” uyushmasi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2025-yil yakuniga qadar tegishlicha hunarmandchilikning hududda rivojlangan yo‘nalishini inobatga olib, Rishton, Samarqand, Toshkent, Shahrisabz, Nurota va Shahrixon shaharlarini Jahon hunarmandlari shahri maqomini olishga tavsiya etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab olindi.