Bugun Xalq amaliy san’ati ustasi, kulol Matchanov Odilbek Raimberdiyevichni tug‘ilgan kuni.

O.Matchanov tug‘ilib o‘sgan «Madir» qishlog‘i qadimdan sirlangan sopol buyumlari tayyorlanadigan va imoratsozlikning ajralmas qismi bo‘lgan koshinkor san’ati rivojlangan qadimgi qishloqlardan biri hisoblanadi.
Otasi, kolaversa ustozi bulmish Raimberdi Matchanov ushbu markazning eng ko‘zga ko‘ringan namoyondalaridan biri bo‘lib, uning yaratgan badiiy kulolchilik asarlari yuksak kasbiy mahorat, nozik did bilan ishlanganligi, bezak naqshlarining betakrorligi, ranglar uyg‘unligi bilan ajralib turgan.
Odilbek Matchanov Al-Xorazmiy bog‘ majmuasida yodgorlik ayvon peshtoqlarini koshinkorlik san’ati bilan bezashda, Al-Beruniy bog‘ majmuasi ayvonini badiiy bezashda Ogaxiy nomli musiqa va drama teatri binosining yo‘lak qismini koshinkorlik san’ati bilan bezashda, Toshkent shahridagi Zamonaviy san’at markazi binosida fasad qismini koshinkorlik san’ati bilan, Baxovuddin Naqshbandiy ziyoratgohining ayvon qismi devorini biryuza rangli olti burchakli koshinkorlik plitalari bilan bezagan, Beruniy tumanidagi “Sulton-Vays” ziyoratgohi, Urganch shahridagi “Doshkin bobo” ziyoratgohida barpo qilingan kirish darvozalari peshtoqini, Xazorasp tumanida barpo qilingan “Namoz” masjid binosini, viloyat hokimligi hududida qurilgan ayvonni ham koshinkorlik plitalarini qo‘llagan holda bezash ishlarini amalga oshirgan. Urganch shahrida barpo qilinayotgan zamonaviy binolarni zangori koshin bezaklari bilan bezashda qatnashib kelmoqda.

Matchanov Odilbek Raimberdiyevich tomonidan yaratilgan kulolchilik buyumlari nafaqat Respublikamiz, Xorijiy davlatlarda bo‘lib o‘tayotgan hunarmandchilik ko‘rgazmalarda ham o‘z mahsulotlarini namoyish qilib, o‘ziga ajdodlaridan meros bo‘lib qolgan kasb san’atini namoyish qilib kelmoqda.
U 1991 yilda Dubay shahrida, 1992 yilda Kuala-lumpur shahrida, 2002 yilda Janubiy Koreya Respublikasida bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashib, o‘z san’atini namoyish qilgan. 2003-2007 yillari «Karavan» ART galereyasida, 2006 yil «Xamsa» hunarmandchilik taraqqiyoti markazlarida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmalarda qatnashgan. 2014 yilda “E’tirof-2014” milliy mukofoti g‘olibi bo‘lib «Yilning eng yaxshi hunarmandi» nominatsiyasida g‘olib bo‘lib, I-darajali diplomi bilan taqdirlangan.
2004 yilda YUNESKO tomonidan ajratilgan grantga sazovor bo‘lib, uni «Madir» kulolchilik maktabini yanada rivojlantirishga, Usto-shogird maktabini yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirgan. Ustaning 40 nafardan ortiq shogirdlari xozirgi kunda o‘zi bilan bir safda mehnat qilib kelmoqdalar.
Matchanov Odilbek Raimberdiyevich asosan qadimdan davom etib kelinayotgan Xorazm milliy kulolchilik buyumlari (bodiya, karsang bodiya, kauli bodiya, duluv bodiya, xar xil shakldagi ko‘zalar, chanok, chorquloq, qopshirma)ni ishlab chiqarmoqda.
Xozirgi kunda zamonaviy binolarni o‘zimizning milliy uslubda bezash uchun naqshinkor koshinlar ham ishlab chiqarmokda.

Oldingi “Hunarmand” uyushmasi tashabbusi bilan chop etilgan “Hunarmand” jurnalining taqdimoti o‘tkazildi.

Fikringizni qoldiring

Toshkent sh. Doʼmbirobod koʼchasi, 74-uy, 100185

Dushanba, Juma,
9:00-18:00

Yangiliklarga a'zo bo'lish

© 2024-2025 Barcha huquqlar himoyalangan. Ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanganda havola ko‘rsatilishi shart.